
Non va qandolat uchun
Kuchli kleykovina xamirni koʻtaradi, non ichi havodor va oq chiqadi. Qandolatchilar shuni soʻraydi.

Oʻz zavodimiz, oʻz laboratoriyamiz, oʻz mashinamiz. 2010-yildan beri shunday ishlaymiz.
Navlar vazifasi bilan farq qiladi. Bugʻdoy ham, nazorat ham uchalasida bir xil.

Kuchli kleykovina xamirni koʻtaradi, non ichi havodor va oq chiqadi. Qandolatchilar shuni soʻraydi.

Novvoyxonalar tanlovi: xamir mustahkam, natija har kuni bir xil. Retseptni qayta oʻylab oʻtirmaysiz.

Katta hajmda ishlasangiz, tannarx pasayadi. Sifat oʻzgarmaydi.
Don kirgandan qop chiqquncha hamma ish oʻz zavodimizda boʻladi. Sifatni birovga ishonib topshirmaymiz.

Har mashina don laboratoriyaga tushadi: namlik, kleykovina, tozalik oʻlchanadi. Standartga tushmasa, tushirilmaydi.

Begona urugʻ, chang va mayda tosh bir necha bosqichda ajratiladi. Tegirmonga faqat toza don kiradi.
Valli tegirmonlar donni bosqichma-bosqich maydalaydi, elak esa unni navlarga ajratadi.

Un darhol 25 va 50 kg li qoplarga toʻladi: havo bilan kam aloqa, mazasi joyida qoladi.
Novvoy uchun un — natijaning yarmi. Mijozlarimiz shu toʻrt narsa uchun qaytadi.
Temir va vitaminni me'yorida qoʻshamiz, har partiyada bir xil.
Un omborda oylab yotmaydi. Yangi tortilgani xamirni yaxshiroq koʻtaradi.
Har partiya bir xil chiqadi. Brakingiz kamayadi, hisob-kitobingiz aniq boʻladi.
Respublika boʻylab oʻzimiz yetkazamiz. Muddat uchun javob beramiz.
2 tonnadan. Kerakli nav va hajmni yozing — narx va shartlarni shu kuni yuboramiz.
25 va 50 kg li qoplarda. Oliy va birinchi nav ikkala hajmda, ikkinchi nav faqat 50 kg li qopda.
Oliy nav — non va qandolat uchun, kleykovinasi kuchli. Birinchi nav — novvoyxonalarda har kungi non uchun. Ikkinchi nav — lepyoshka va katta hajmdagi ishlab chiqarish uchun.
Ha, oʻz transportimiz bilan Oʻzbekiston boʻylab yetkazamiz va muddat uchun javob beramiz. Yetkazish shartlarini narx bilan birga yuboramiz.
Ulgurji narx bugʻdoy bozori bilan birga oʻzgaradi. Eskirgan narx yozib qoʻygandan koʻra, bugungi narxni sizga shaxsan yuboramiz — nav va hajmni yozsangiz, javob shu kuni keladi.
Qozogʻiston bugʻdoyini ishlatamiz. Har mashina don oʻz laboratoriyamizda tekshiriladi: namlik, kleykovina va tozalik oʻlchanadi, standartga tushmagan don qabul qilinmaydi. Un temir va vitamin bilan boyitiladi.
Angren shahri, Obliq qoʻrgʻoni, Gʻ.Gʻulom MFY. 2010-yildan beri shu yerda un tortamiz.
Kerakli nav va hajmni yozing. Narx, muddat va yetkazish shartlarini bugun joʻnatamiz. Minimal partiya 2 tonnadan.